
Bahraynlik Mahmud Abdulrahmon: "Andijon" ham, "Al-Xaldiya" ham bir-birini yaxshi bilmaydi"
OChL 2 ga qur’a tashlash marosimida oldin xabar berganimizdek, bahraynlik taniqli sobiq futbolchi Mahmad Abdulrahmon ishtirok etgan bo‘lib, aynan u ikkinchi savatchadan “Andijon”ni “V” guruhidan o‘rin egallaganini e’lon qildi va bizning raqiblarimizni aniqlab bergan.
Shuningdek, bu guruhda Bahraynning “Al-Xaldiya” jamoasi ham borligini eslatib o‘tish lozim.
Muxlislar yodida bo‘lsa, Mahmud Abdulrahmon faoliyati davomida bir necha bor Bahrayn terma jamoasi safida O‘zbekiston termasiga qarshi to‘p surgan.
“Andijon” matbuot xizmati esa Abdulrahmondan intervyu oldi.
- “V” guruhi haqida nima degan bo‘lardingiz?
- Oson guruh emas. Hamma guruhdan engil bo‘lgani yo‘q. Balki “Andijon”ni ko‘pchilik bilmasa kerak. OChLda yangi jamoa. “Andijon” ham, “Al-Xaldiya” ham bir-birini yaxshi bilmaydi. Guruhdagi to‘rttala klubga ham qiyin bo‘ladi. Bir-birini bilishmasa jamoalarga yanada qiyin kechadi. Kim yutishini aytish oson emas. Barcha jamoalarga omad tilayman.
- OChL 2 da siz uchun eng qiyin va oson guruh qaysi?
- Menimcha, meni jamoam joy olgan “Muharraq” guruhi eng qiyini. Chunki “Al-Vasl”ni ham yaxshi o‘yinchilari bor. Eronni “Istiqlol”i nomdor jamoa. “Al-Muharraq” ham keyingi bosqichga chiqishga kurashadi. “Al-Vihdat” ham qiyin raqib. Oson guruh qaysiligini bilmayman. Balki “Andijon”ni guruhi osonroqdir yoki “Al-Nassr joy olgan guruh bo‘lsa kerak. Chunki ular “Goa”ga qarshi o‘ynaydi. Menimcha, shu osoni.
- O‘zbekiston terma jamoasiga qarshi ilgari o‘ynagansiz. Terma jamoamiz ilk bor mundialga chiqdi. Futbolimizni kuzatib boryapsizmi?
- Va nihoyat, O‘zbekiston terma jamoasi yanada qattiq ishlab, jahon chempionatiga chiqishni uddaladi. Bundan mag‘rurlanaman. Chunki O‘zbekiston Osiyo qit’asida joylashgan va bungacha ham bir necha bor mundialga yaqin kelgandi. Ishonchim komilki, O‘zbekiston termasining darajasi o‘sib bormoqda. Bilishimcha, ligasi kuchayib boryapti. Shu bois milliy terma jamoasi borgan sari yaxshi ketyapti va mundialga bejiz chiqqani yo‘q. Endi bo‘lsa, “Andijon” Bahrayn, Qatar, Turkmaniston klublari bilan o‘ynaydi. O‘zbekistonning hamma klublari qiyin. Barchalariga omad tilayman.
- Ignatiy Nesterovga olis masofadan gol urganingiz yodimizda. Terma jamoamizga qarshi uchrashuvlarda qaysi bahs ko‘proq xotirangizda saqlanib qolgan?
- O‘zbekistonga borganda Bahrayn uchun barcha o‘yinlar qiyin bo‘lgan. Chunki kuchli muxlislari bor. Ob-havosi ham fors ko‘rfaziga o‘xshamaydi. Menga yoqqan eng yaxshi o‘yin o‘sha jarima zarbasidan urgan gol. O‘sha uch ochko bizga keyingi bosqichga chiqishimizga yordam bergan. O‘sha golni urishimda meni omadim kelgan. Lekin oxir-oqibat O‘zbekiston - bu O‘zbekiston. Osiyoda o‘ynaganida O‘zbekistonni ko‘p klublari kuchli. Milliy terma jamoasi ham kuchli. Shunday jamoaga gol urganimdan o‘zim omadliman deb hisoblayman.
Fikrlar