
"Adu-Dhabi Chess Festival". O‘z tarixidagi eng ko‘p ishtirokchi qatnashgan musobaqada o‘zbekistonlik shaxmatchilar qanday natijalar qayd etdi?
Xabaringiz bor, 15-26 avgust kunlari Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabida shaxmat bo‘yicha "31- Abu Dhabi International Chess Festival" musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnir shveytsarcha tizimda 9 raunddan iborat bo‘lib, ishtirokchilarga 90 daqiqa va birinchi yurishdan boshlab, 30 soniyadan vaqt nazorati belgilandi. Tashkiliy qo‘mita o‘yinchilarni besh yulduzli mehmonxonada bepul joylashtirishni ta’minladi. Turnir "Masters", Online Masters", "Open A", "Open B", "Ladies Blitz U16", "Academy Seniors 50+", "Family Teams", "Community teams Corporate" kabi bo‘limlarga bo‘lingan shaklda o‘tkazildi.
Musobaqaning umumiy sovrin jag‘armasi 500,000 dirhamni ni tashkil qildi va unda 82 mamlakatdan 3000 dan ortiq o‘yinchi qatnashdi. Avvalgi birinchilikda 2,500 dan ortiq shaxmatchi qatnashgandi.
E’tiborli tomonlaridan biri ushbu turnirda 5 yoshli shaxmatchi qizimiz Abdulazizova Asliya o‘zining debyutini nishonladi. U mazkur bahsda amirliklar vakili hisoblangan Fotima Saidga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Ta’kidlash kerak Asliyaning raqibi undan 2 yosh katta edi. U bahsdan avvalroq barcha qoidalar bilan tanishib chiqdi.
Abdulalizov Asilbek esa "Open Blitz" 146,8 punkt qo‘shdi va akademiyalar o‘rtasida 57-o‘rinda yakunladi. Tohirjonov Usmonxon esa blitsda 112 punkt qo‘shib, turnirni 144-o‘rinda tugatib qo‘ydi.
Abdulazizov Asilbek standartda 90 reyting yig‘gan bo‘lsa, blitsda 146 punktni o‘ziniki qildi. Opa-singillar Asmina va Asmira Abdulazizovalar blitsda reyting ko‘lga kiritishdi.
Maktab o‘quvchilar o‘ratsida o‘tkazilgan blits turnirida esa Mumtozbegim Mansurova mag‘lubiyatsiz tarzda 1-o‘rinni egalladi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova esa blitsning 9 turida 7.5 ochko jamg‘ardi va 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Quyidagi link orqali to‘liq musobaqa natijalari bilan tanishingiz mumkin.
Fikrlar