
Afsona "Roma"ga qaytadimi?
Franchesko Tottining "Roma"ni boshqarishdagi potentsial roli haqida deyarli ikki yil avval Fridkins boshqaruvga kelganidan beri ko‘p mish-mishlar aytilmoqda.
Corriere dello Sport nashri yaqinda Italiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Jovanni Malagodan intervyu oldi. Malago suhbat davomida Tottining "Roma"ga qaytishi haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Agar men Fridkinsning o‘rnida bo‘lganimda, uni hech ikkilanmasdan klubga qaytarardim. Bu sodir bo‘ladimi? Ishonchim komil emas, lekin ehtimol sodir bo‘lib qolar", - dedi Jonavvin Malago.
Eslatib o‘tamiz, Totti butun futbolchilik faoliyatini “Roma”da o‘tkazgan.
Fikrlar