Afsonaviy bokschi - Muhammad Ali va "Nasaf"ni nima bog‘lab turadi?

  • 24 aprel, 2022, 02:54
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

Zamonaviy futbol tobora biznesga aylanib borayotgani fakt, ammo ayrim vaziyatlarda istisno bo‘ladi. Aynan shunisi bilan bu sport turini millionlar o‘yini deyishadi. Bu qanday omil deysizmi?

Tecno

Darhaqiqat, so‘nggi yillarda futbolning ko‘rinishi o‘zgarib bormoqda. Ayniqsa, moddiy baquvvat jamoalarning tarkibidagi ijrochilar tablodagi hisobga ta’sir ko‘rsatganda bu omil yaqqol ko‘zga tashlanadi. Shunga qaramay, futbol o‘z jozibasini yo‘qotgani yo‘q. Bunga undagi puldan boshqa faktorlar ham rol ijro etishi asosiy sabab. Raqib qanchalar kuchli bo‘lmasin, maydonga chiqib kelayotgan jamoa o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini so‘ndirmasa, uni "sindirish"ning imkoni yo‘q. Ular safida kim to‘p surishi, futbolchilari qancha maosh olishi ham maydonda ikkinchi masala.

kfo23kfo2k3fok23f

"Nasaf" ortda qolgan 90 daqiqa davomida bir soniya ham tanlagan yo‘llari xato ekanligi haqida o‘ylamadi. Oxirigacha raqibni xato qilishiga ishondi va bosimni davom ettirdi. Raqib qanchalar saviyali bo‘lmasin, Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari o‘z ustozlarining salohiyatiga suyandi. Pressingni to‘xtatgani yo‘q. Barchasi Akmal Mozgovoyning Santi Kasorlaga qilgan "hamla"sidan boshlandi. Birda maosh olib, birda olmay, ichki birinchilikdagi turli muammolarda chiniqqan o‘zimizni qora ko‘z bosimni to‘xtatmadi. Aynan Kasorlaning xatosidan so‘ng raqib "sochilib" ketdi. Mozgovoy gol kiritgach, "Al-Sadd" Qashqadaryodan kelgan oddiy yigitlar aslida yaxlit mushtga aylangan mexanizm ekanligini his qildi. Keyin ikkinchi va uchinchi gol tezlashib ketdi. Bu o‘z-o‘zidan bo‘lgandek ko‘rinishi mumkin, lekin ishoning, unday emas. "Ajdarlar" tinimsiz bosim evaziga raqibning o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchini "sindirib" tashladi. Aynan shu ishonch evaziga birinchi o‘yinda 2 kishi kam bo‘lib 1 ochko ishlagan "Al-Sadd" bu safar o‘zidan-da ruhan baquvvat klub oldida ojiz qoldi. Qatar yulduzlar ligasida hech kimga taslim bo‘lmagan Xavi Grasiya shogirdlari 3 goldan so‘ng qaerda yurganini ham bir necha soniyaga unutib qo‘ygani rost. Bu xolatni yaxshiroq tasvirlash uchun Afsonaviy bokschi - Muhammad Alining Jorj Formanga qarshi asir jangidan so‘ng aytgan bir so‘ziga e’tibor qarating:

Formandd

"Men raqib ko‘zida qo‘rquvni ko‘rdim. Tinimsiz zarbalarim uni o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘q qilib borayotganini sezib turdim. Vaholanki, u mendan yoshroq, kuchliroq va chaqqonroq edi. Kanat oldida turar ekanmiz, uning ko‘zlaridan ko‘zimni uzmadim. Ha, o‘sha oqshom ruhiy xolatim raqibnikidan yaxshiroq bo‘lgani uchun g‘alaba qozondim. Sportning asl mohiyati ham shu aslida! Kim g‘alabani ko‘proq istasa, u o‘shaniki bo‘ladi!"

Boks futboldan qanchalar uzoq sport turi bo‘lmasin, Muhammad Alining aytgan so‘zlari bugungi "Nasaf"ning g‘alabasi sirini nimada ekanligini ochib bergandek. Kuchli legionerlar, millionlarga ishlaydigan xorijlik mutaxassis, yo‘lga qo‘yilgan o‘yin mexanizmi va Osiyodagi eng rivojlangan futbol mamlakatining tengsiz klubi bo‘lishiga qaramay "Al-Sadd" "Nasaf"ga qarshi hech narsa qila olmadi. "Ajdarlar" raqibning ustun tomonlarini maydonning tashqarisida qoldirgan holda, "jang" qilgani chiqib keldi. Yakunda, ko‘zidagi qo‘rquvni bildirmagan, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch orqali raqib yuragiga g‘ulg‘ula solgan "ajdarlar" raqibni chuqur nokautga uchratdi.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

ijewgiwjeijg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umar As
24/04/2022 03:07
Gap yuq mualifga
Baratov Elyor
24/04/2022 11:03
Endi bu yog'iga havolanmasligi kerak!
Keyingi o'yinga bundanda kuchli taktik uslubni tanlash kerak!
Minimum vazifani bajarishga qarab boryapmiz!
Bir lahza bo'shashish natijaga ta'sir qiladi!
Nasaf olg'a!
Gulomqodir Askhanov
24/04/2022 09:43
3-0 га ютади. Деб езувдим Рахмат футбол куриб адреналин ни енг мазасини олдим Энди Насафни тухтатищ Хар кандай командага осон булмайди
&
Nasaf Qarshi
24/04/2022 04:49
Насаф турнирда емон уйнагани йук, факат фаол уйнади ва натижа келди охири, 1 кадам колди йигитлар, Ал вехдат энди барибир чика олмайди, бир харакат килиб ютиш керак, олга Насаф!
&
biloljon
24/04/2022 04:18
Al sad singanku chollarni yutib hursansilar a oʻzi bundan oldin nimaga yutmotuvdilar hammasi Allohdan Alloh qoʻlladi deyishni qachon oʻrganamiz
Дусмуродов Шахзод
24/04/2022 04:24
Hey Sendak aqlik Agar mag'lub bulganida ham Allohdan bu mag'lubiyat deb bollarni qullab quvatlarmiding ? Hech qachan Nasafdi ustidan mag'zava og'darar eding ! o'zinga kerak payti Allohni nomni eslab qolasan vaholangki kipriq qoqishing ham Allohdan . Fitna qilmasdan tabriklab quy qulingdan kelmsa indamay o'tir isqirt
Дусмуродов Шахзод
24/04/2022 04:32
Alloh bo'ldedi kecha bo'ldi Allohni inoyati bilan bo'ldi hosh Allohni Hohlaganida norozilik joying bormi ? Hamma bilib turibdi Alloh istagani uchun bo'lganini bir san aqlik qolganlar ahmoq deb uylaysanmi . Mavzuga qaytomondan bo'lsa ham negativlik qilasan iching kuymasin Nasafdi martabasini ulug 'qilib quysa Alloh sani va sanga uxshaganlarni negativ gaplaring bir tin