
Agent bitimi yakuniga etayotgan Serxio Ramosning rejalari haqida gapirdi
"Real" himoyachisi Serxio Ramosning agenti Rene mijozining shartnomasi borasida gapirdi.
"Futbolda ko‘p narsa o‘zgarib ketishi mumkin, ammo ikkala tomon ham yaxshi niyatlarni qiladi. Umid qilamanki, Serxio faoliyatini "Real"da yakunlaydi, bu uning orzusi. Tushunishim bo‘yicha, klub ham buni xohlaydi.
Hozircha biz "Real" bilan muzokaralarni boshlamadik, ammo tashvishlanadigan hech narsa yo‘q. Klub bu haqda o‘ylashi bilanoq biz aloqani boshlaymiz," - dedi agent.
Avvalroq, "qaymoqranglilar" 34 yoshli futbolchiga 2022 yilgacha mo‘ljallangan bitim taklif qilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Fikrlar