
Aguero nega 10-raqamni olmaganini aytdi
"Barselona" hujumchisi Serxio Aguero nima uchun Kataloniya klubida 10-raqamdan voz kechganini va nima sababdan Messi ketganidan keyin 19-raqamni olganini tasdiqladi.
"Bu men U20 safida Jahon chempionatida o‘ynagan raqamim. Leoning 10-raqami bor edi. Pike va boshqa futbolchilar meni bu raqamga loyiq ko‘rayotgan payti men o‘n to‘qqizni tanlab bo‘lgandim.
Fatiga 10 juda mos. U jarohatidan ilhomlanib qaytdi. Ansu yosh va bizga yordam bera oladigan iste’dod egasi", - dedi argentinalik forvard.
Qayd etish joiz, Serxio bir necha kun avval "Barsa" safida rasmiy uchrashuvda debyut qildi.
Fikrlar