Ahliddin Mirzadavlatov Checheniston vakiliga qarshi jang qiladi

  • 6 iyul, 2020, 17:00
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Ahliddin Mirzadavlatov Rossiyaning eng nufuzli promousheni ACA (Absolute Championship Akhmat) bilan shartnoma imzolagani va ushbu promoushendagi debyuti 8 avgust kuni bo‘lib o‘tishi xaqida xabar bergandik. Lekin kim bilan jang qilishi aniq emasdi.

Tecno

Sportchimizning saytimizga ma’lum qilishicha, uning ACAdagi ilk raqibi chechenistonlik Adam Aliev bo‘ladi. Checheniston vakili faoliyati mobaynida 12 ta jang o‘tkazib, ularning 9 tasida g‘alaba qozongan. Uch bora imkoniyatni boy bergan. Ahliddin 9 ta jangdan 8 tasida raqiblarini taslim etgan. Bir marta undan omad yuz o‘girgan edi.

Ma’lumot uchun, 29 yoshli hamyurtimiz so‘nggi jangini Toshkentda “GFC 20” turnirida ozarbayjonlik Ja’far Ismievga qarshi o‘tkazib, muddatidan avval g‘alabaga erishgan.

adam1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!