
Akbar Jo‘raev mutlaq Osiyo chempioni! Amriddinovda 3 ta kumush
Og‘ir atletika bo‘yicha Xitoyda o‘tayotgan Osiyo chempionatining so‘nggi bahslari O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Erkaklar o‘rtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarimizning benefisiga aylandi.
Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Jo‘raev yana bir bor yuksak mahorat ko‘rsatib, barcha yo‘nalishda eng katta ko‘rsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ushbu dasturda Jo‘raevdan keyingi natijani ko‘rsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.
Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga etib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘ringa ko‘tarilib oldik.
Fikrlar