Ake Niderlandiyaning eng muhim futbolchilaridan biriga aylanib oldi

  • 17.06.2024 06:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Evro-2024"ning birinchi turida Niderlandiya Polsha ustidan 2:1 hisobida zafar quchib, 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. 

Dastlab, Gakpo 29-daqiqada imkoniyatlarni tenglashtirdi. Uning golida asosiy vazifani Ake bajarib berdi, ya’ni o‘z vaqtida hujumda paydo bo‘lib, "Liverpul" futbolchisining goliga assistentlik qildi. 83-daqiqada yana Natan hujumda paydo bo‘ldi va uning pasidan so‘ng to‘p Vegxorstga etib bordi. Hujumchi esa bu imkoniyatdan foydalan oldi. Ammo to‘p himoyachilarga tegib ketgani uchun Akega assist yozilmadi. 

Shuningdek, "Manchester Siti" himoyachisi 4 ta xavfli vaziyat yarata oldi. Uning paslari aniqligi 94 foizga teng bo‘lgan bo‘lsa, ikki marta kroos amalga oshirdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!