Al’vares "Barselona" va "Real" oʻrtasida tanlov qildi

  • 09.06.2026 12:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning  "Atletiko" jamoasi hujumchisi Xulian Alvares o‘z kelajagi borasidagi asosiy savolga javob topdi. U keyingi mavsumlarda qaerda o‘ynashni istashini aniq belgilab olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik forvard unga jiddiy qiziqish bildirgan ikki grand — "Real" va "Barselona" o‘rtasida tanlov qildi. Jurnalist Janluidji Longarining xabar berishicha, futbolchi Kataloniya klubiga o‘tish variantiga ko‘proq moyil.

Manbalarga ko‘ra, "Real" Xulian Alvares uchun 150 million yevro miqdorida taklif berishga tayyor. "Barselona" esa hozircha uning transferiga 100 million yevro ajrata olishi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!