Aleks Perreyra tarixdagi barcha UFC chempionlarini ortda qoldirishi mumkin

  • 05.06.2026 14:22
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Yarim engil vaznda UFC chempioni Aleksandr Volkanovski Braziliya vakili Aleks Perreyra va fransiyalik Siril Gan oʻrtasidagi toʻqnashuv uchun oʻz prognozlarini bildirdi.

"Oq Uyda boʻlib oʻtadigan UFC turniri esda qolarli oʻtishi aniq. Boisi u yerda Perreyra promoushanning ogʻir vazndagi vaqtinchalik kamari uchun oktagonga koʻtariladi. Toʻgʻri, imkoniyatlar 50/50, biroq men Aleks Ganni nokaut qila olishiga ishonaman. Agar bu sodir boʻlsa, braziliyalik UFC tarixida uch vaznda chempion boʻlgan ilk jangchiga aylanadi", - dedi Avstraliya vakili.

Eslatib oʻtamiz, Siril Gan (13-2-1 N/C) hamda Aleks Perreyra (13-3) qarama-qarshiligi 15 iyun kuni "UFC Freedom 250" turnirida oʻtkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!