
Ali Dai: Agar Ronaldu mening rekordimni yangilasa, bundan xafa bo‘lmayman
Terma jamoalar safida eng ko‘p gol urish bo‘yicha rekordchi hisoblangan eronlik futbolchi Ali Dai ushbu rekordi Krishtianu Ronaldu tomonidan yangilanishi mumkinligidan havotirda emas.
“Men o‘z rekordim bilan judayam faxrlanaman. Barcha eronliklar mening faoliyatim bilan faxrlanishadi deb o‘ylayman. Rekord faqat menga emas, butun Eron xalqiga tegishli. Ronaldu mening rekordimni yangilasa, bundan xafa bo‘lmayman. Barcha jahon rekordlari yangilanishi kerak.
Bunday ajoyib futbolchi mendan ustun bo‘lishidan xursandman. U hali ham ajoyib formada. Men uni tarixdagi eng yaxshi 3 ta futbolchidan biri deb hisoblayman. Krishtianu o‘z jamoasiga Messi Argentinaga bergandan ko‘proq narsa berdi va shu sababli men uni tanlayman”, - deydi eronlik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Ali Dai hisobida 109 ta gol mavjud. Ronaldu hisobida esa hozircha 95 ta gol bor.
Fikrlar