Allegri bu futbolchini "Yuventus"da ko‘rmoqchi

  • 8 mart, 2022, 18:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Kalyari" klubining o‘ng qanot himoyachisi Raul Bellanova faoliyatini "Yuventus"da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Calciomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 21 yoshli italiyalik futbolchini shaxsan "keksa sinora" bosh murabbiyi Massimiliano Allegri tarkibda ko‘rishni xohlamoqda. Uning transferi esa 7-9 mln evro atrofida bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Bellanova joriy mavsum "Kalyari" safida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer huquqi "Bordo"ga tegishli.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!