A’loxon Abdullaev: Muxlislar qatorida otam ham bor edi va ularning ko‘rsatmalarini eshitib turdim

  • 9 may, 2023, 20:54
  • 1
  • Boks

Toshkentdagi "Humo arena"da boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

-75 kg vazn toifasida A’loxon Abdullaev serbiyalik Memik Almirga qarshi ringga ko‘tarildi. Bellashuvda hamyurtimiz 4:0 hisobida g‘alaba qozondi va chorak finalga yo‘l oldi.

- G‘alabada murabbiylarning hissasi katta. Ustozlarimning ko‘rsatmalari evaziga shu bosqichgacha keldik. Bundan keyin ham yorqin g‘alabalar ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Muxlislar qatorida otam ham bor edi va ularning ko‘rsatmalarini eshitib turdim. Otam yoshligimdan ustozim ham hisoblanadi, - dedi A’loxon Abdullaev.

aloxon

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
jaloliddin usmonov
09/05/2023 22:22
Sal qo‘lni ko‘tarib bir ikki qochib urushsez bizi xavotirdan qutqargan bo‘larmidiz