Alvares: "Atletiko"ning hujum chizig‘i Evropaning eng kuchlilaridan biri"

  • 28 sentabr, 12:32
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Atletiko" klubi hujumchisi Xulian Alvares "Real"ga qarshi derbidagi yirik g‘alabadan so‘ng (5:2) jamoaning kuchli tomonini aytdi.

Tecno

25 yoshli argentinalik futbolchi derbida dubl qayd etdi va uchrashuv qahramoniga aylandi. Yana bittadan golga Robin le Norman, Aleksandr Sorlot va Antuan Grizmann mualliflik qildi.

"Tanaffusda murabbiy hujumni davom ettirishimizni aytdi. Vaziyatlar yaratdik va ulardan samarali foydalana oldik. La Ligada gol urish uchun eng ko‘p imkoniyat yaratyapmiz, bu borada Evropada eng yaxshilar qatoridamiz. Bu safar sovuqqonlik qildik, farq mana shunda", - dedi shanba kungi jangning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan Alvares intervyuda.

"Atletiko" La Liga 7-turidan keyin 12 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!