Alvarez «Atletiko» mashg‘ulotini o‘tkazib yubordi

  • 26.08.2026 15:17
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» (Madrid) hujumchisi Xulian Al’vares jamoaning navbatdagi mashg‘ulotiga kelmadi. Bu haqida sport jurnalisti Ruben Uriya xabar berdi.

 

Uriya ma’lumotiga ko‘ra, «Atletiko» rahbariyati futbolchining mashg‘ulotda yo‘qligi haqidagi xabarni tasdiqlagan. Klub vakillari aytishicha, Al’vares kechasi yaxshi uxlamagan va o‘zini yomon his qilgani uchun jamoa bilan shug‘ullana olmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, Ispaniya chempionati birinchi turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda (2:2) «Atletiko» muxlislari Al’varesning o‘yinidan norozi bo‘lib, uni sahnada hush takbozlik bilan kutib olgan edi. Ma’lumki, forvard butun yoz davomida «Barselona»ga o‘tishni istab kelmoqda, ammo «Atletiko» rahbariyati haligacha uni qo‘yib yuborishga rozi emas.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!