Amorim: “Brunu hali ham bizning asosiy penalti ijrochimiz”
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim jamoa sardori Bruno Fernandeshning penaltidan gol urishdagi so‘nggi xatolari haqida fikr bildirdi.
Bruno joriy mavsumda ikki marta — “Fulhem” va “Brentford”ga qarshi o‘yinlarda 11 metrlik nuqtadan darvozani ishg‘ol qila olmagan.
“Yo‘q, men penalti ijrochisini almashtirishni rejalashtirayotganim yo‘q. Men bilaman, hozir Bruno uchun oson emas, lekin u karerasida 70 marta penalti tepgan va ularning taxminan to‘qqiztasinigina urolmagan. Shu ikkisi — men boshchilik qilgan paytda bo‘ldi, bu albatta meni bezovta qiladi. Ammo Brunu o‘zini ishonchli his qiladi, u penaltilarni doim mashq qiladi. Agar u bir kuni zarbani boshqa jamoadoshiga berishni xohlasa, bizda buni bajara oladigan boshqa futbolchilar ham bor.” - dedi portugaliyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, "qizil iblislar" bugun Angliya Premer-ligasining 8-tur doirasida safarda “Liverpul”ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:30 da start oladi.
Fikrlar