Amorim: "O‘tmish xatolarini takrorlay olmaymiz"

  • 24.12.2025 23:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ruben Amorim klubning transfer rejalari haqida yana bir bor fikr bildirdi. Portugaliyalik mutaxassis jamoa faqat uzoq muddatli loyihaning bir qismi bo‘ladigan futbolchilarnigina safiga qo‘shishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Tecno

— Biz jalb qilayotgan futbolchilarga to‘liq ishonishimiz kerak. Agar ishonch bo‘lmasa, qo‘limizda bor futbolchilar bilan ishlash yaxshiroq. Bu masala men uchun juda aniq. Biz o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolarni qayta takrorlay olmaymiz, — dedi Amorim "Sky Sports" nashriga bergan intervyusida.

Ruben Amorim, Manager of Manchester United looks dejected after the Premier League match between Aston Villa and Manchester United at Villa Park on...

Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" Angliya Premer-ligasininng 18-turida "Nyukasl"ni qabul qiladi. Ushbu to‘qnashuv 26 dekabrdan 27 dekabrga o‘tar kechasi soat 01:00’da start oladi.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!