“An-Nasr”dan haydalgan bosh murabbiy Ronaldu haqida gapirdi

  • 22 oktabr, 2024, 11:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sentyabr oyida “An-Nasr” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan portugaliyalik Luish Kashtru o‘zining qo‘l ostida o‘ynagan hamyurti Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

- Krishtianuda har doim eng zo‘ri bo‘lish maqsadi bo‘lgan va bundan keyin ham bo‘ladi. Uni har kuni mashg‘ulotlarda tinimsiz ishlayotganini ko‘rish mumkin.

Ronalduda doimiy o‘ynash, rekordlarni o‘rnatish, chiroyli gollar urish istagi bor. U o‘zi qo‘l urgan har bir ishda hal qiluvchi kuch bo‘lishni istaydi va shunga harakat qiladi.

Krishtianu hamma narsaga futbol orqali erishganini yaxshi biladi va shuning uchun ham bu sport turini juda yaxshi ko‘radi, - dedi Luish Kashtru.

Luish Kashtru bosh murabbiyligida “An-Nasr” barcha turnirlarda 54 marotaba maydonga tushib, 36 ta g‘alaba, to‘qqizta durang va yana shuncha mag‘lubiyat qayd  etgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!