
Ana xolos! 41 yoshli Buffon va 36 yoshli de Rossi Italiya terma jamoasiga chaqiriladi
"Yuventus" darvozaboni Janluiji Buffona va "Boka Xuniors" yarim himoyachisi Danielya De Rossi tez orada Italiya terma jamoasiga chaqirilishadi. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra ikkala futbolchi ham "Skuadra Adzurra"ning yaqinlashib kelayotgan Evro-2020 saralash uchrashuvlariga chaqirilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Buffon Italiya terma jamoasida o‘yin o‘tkazish bo‘yicha rekordchi hisoblanadi. U shu kungacha jami 176 ta o‘yinda terma jamoa libosida harakat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Italiya dastlab 12 oktyabr kuni Gretsiya terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 23:45da boshlanadi.
Fikrlar