
Ana xolos! Asensio uchun mavsum boshlanmasidan nihoyasiga etishi mumkin
Madridning "Real" klubi vingeri Marko Asensio bugun Xalqaro chempionlar kubogi doirasida "Arsenal"ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jiddiy jarohat oldi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra ispaniyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda zaxiradan uchrashuvga qo‘shilgan va shundan so‘ng jarohat olib, maydonni shifokorlar yordamida tark etgan. Ta’kidlash lozimki, u ushbu bahsda gol urishga ham muvaffaq bo‘ldi.
Marca nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Asensioning chap tizzasi jiddiy shikastlangan. Agar dastlabki tashhislar to‘g‘ri bo‘lib chiqsa, u kamida 8-9 oy maydonga tusha olmaydi va yangi mavsumni butkul o‘tkazib yuborishi mumkin.
Fikrlar