Ana xolos: Benzema yo Ronaldu, yoki Neymar bilan birga o‘ynaydi

  • 30 yanvar, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Karim Benzemaning faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda. Frantsiyalik yulduz “Al-Ittihod”ni tark etadigan bo‘lyapti.

Klub rahbariyati uni Evropaga qo‘yib yubormaydigan bo‘ldi. Saudiya Arabistoni professional ligasi rahbariyati Karim Benzemaning ketishi mamlakat imijiga salbiy ta’sir qilishini ta’kidlab, hujumchini ortga qaytishiga yo‘l qo‘ymadi.

L'Equipe nashrining yozishicha, “Al-Ittihod” 36 yoshli to‘purarni “Al-Hilol” yoki “An-Nasr”ga ijaraga beradigan bo‘lyapti. Avvalroq, Benzema klub mutasaddilaridan “Al-Hilol” kabi jamoa tarkibini o‘zining darajasidagi yulduzlar bilan kuchaytirishni talab qilgan edi.

Endi Karim Benzema boshqa jamoaga o‘tadigan bo‘lsa, Neymar yoki Krishtianu Ronaldu bilan birga to‘p tepishi mumkin. Frantsiyalik hujumchi Ispaniyadagi faoliyati davomida Ronaldu bilan yonama-yon va “Barselona”dagi  Neymarga qarshi o‘ynagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!