
Ana xolos! Beyl Zidanning iste’fosini kutmoqda
Madridning "Real" klubi vingeri Garet Beyl jamoadan ketishni rejalashtirmayapti. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.
Uelslik futbolchi jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan o‘z lavozimida uzoq qolmasligiga ishonmoqda va uning o‘rniga keladigan yangi murabbiy bilan ishlari yaxshilanishiga umid qilmoqda.
Agar vaziyat aksincha tus olib, Zidan joyida qoladigan bo‘lsa, Beyl qishki transferlar davrida Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 30 yoshli Beyl joriy yozgi transferlar davrining o‘zidayoq Xitoy klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin edi. Biroq, so‘nggi pallada “Real” uni xitoyliklarga sotishni xohlamadi.
Fikrlar