
Ana xolos! "Chelsi" Maguayrni sotib olishni istamoqda
"Manchester Yunayted" safida turli memlarga sabab bo‘lib yuradigan Xarri Maguayr "Chelsi" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Londonliklar futbolchini sotib olishni istamoqda.
Xabar qilinishicha, ikki jamoa Maguayrni "Chelsi" futbolchisi Kristian Pulishichga almashtirishi ham mumkin. Bu borada tomonlar muzokaralarga kirishgan.
Xarrining o‘zi ham "qizil iblislar" safida asosiy himoyachi emasligini biladi. Shu sabab u jamoani tark etishga qarshi emas.
Fikrlar