Ana xolos! "Chelsi" Sarrini "Yuventus"ga tekinga qo‘yib yuboradi

  • 10 iyun, 2019, 13:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarrining “Yuventus”ga o‘tishi borasida yangi tafsilotlar paydo bo‘ldi.

Tecno

Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “aristokratlar” tez orada 60 yoshli italiyalik mutaxassis bilan shartnomani bekor qilgani haqida e’lon qiladi. Shu tariqa Sarri “keksa sinora” safiga mutlaqo tekinga borib qo‘shiladi. Ma’lumotlarga qaraganda u turinliklar bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi.

Biroq, “Yuve” ham qarzdor bo‘lib qolishni istamayapti va argentinalik hujumchi Gonsalo Iguainning ijara pulidan “Chelsi”ga chegirma qilib bermoqchi.

Eslatib o‘tamiz, londonliklar Iguainni “Yuventus”dan 9 mln evro evaziga yarim mavsumga ijaraga olishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!