Ana xolos: “Evro-2024” oldidan Germaniya termasida janjal bo‘ldi

  • 11 iyun, 2024, 10:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z yurtida bo‘ladigan Evropa chempionatiga tayyorgarlik ko‘rayotgan Germaniya terma jamoasida muhit ko‘ngildagidek emasligi bilinib qoldi.

Bild nashrining yozishicha, Germaniya terma jamoasi bazasidagi mashg‘ulot jarayonida himoyachi Antonio Ryudiger va hujumchi Niklas Fyullkrug o‘zaro tortishib qoldi.

Manbaga ko‘ra, ikki tomonlama o‘yin chog‘ida Ryudiger bir necha marotaba Niklasga qarshi qo‘pol o‘ynagan. Vaziyatlarni birida Ryudiger Fyullkrugni yiqitgan.

Kelishmovchilik ana shu vaziyat sabab boshlandi. Bosh murabbiy yordamichisi Sandro Vagner ularni ajratish uchun o‘rtaga tushishiga to‘g‘ri keldi.

Qizig‘i shundaki, bu ikki futbolchi yaqinda Evropa Chempionlar ligasi finalida bir biriga qarshi o‘ynagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!