Ana xolos! "Persepolis"ning yana bir etakchi futbolchisi jamoadan ketmoqchi

  • 9 iyul, 2024, 11:26
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Eron terma jamoasi va "Persepolis" himoyachisi Husayn Kanoni klubini tark etishi mumkin. Bu haqda "Varzesh" xabar bermoqda. 

Manbaning ma’lum qilishicha, Kanonining ketishiga moliyaviy masalalar sabab bo‘lmoqda. O‘tgan oyda Alirizo Beyranvand ham aynan shu sabab "qizillar" bilan  amaldagi shartnomasini bekor qilgan edi. 

Eslatib o‘tamiz, ayni damda Oston O‘runov ham "Persepolis" sharafini himoya qilmoqda. Kanoni va Oston jamoaning etakchi futbolchilari sanaladi. Shuningdek, Eronning ba’zi nashrlari "Persepolis" O‘zbekiston MTJ darvozaboni Abduvohid Ne’matovni o‘z safiga qo‘shib olmoqchiligini xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!