Ana xolos: Prokuratura Anchelottini besh yilga qamashni talab qilyapti

  • 13 iyun, 2024, 19:46
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya davlat prokuraturasi “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga soliq sohasidagi ikkita jinoyati uchun jazoni og‘irlashtirib, besh yilgacha qamashni talab qilmoqda.

Tecno

El Mundo nashrining yozishicha, prokuratura italiyalik mutaxassis imij huquqidan kelgan daromadlarni yashirganlikda ayblayapti. Anchelotti Britaniya Virgin orollaridagi kompaniya orqali “Real”dan imij huquqi bo‘yicha ikki million evrodan ortiq pul olgan.

Bundan tashqari, mazkur kompaniya Anchelottining yana bir necha shartnomalari bo‘yicha pul ko‘chirgan.

Ayblovchilar bu firibgarliklar Karlo Anchelotti tomonidan 2014-2015 yillarda amalga oshirilganini isbotlashga urinyapti.

Avvalroq, Ispaniya prokuraturasi 64 yoshli mashhur murabbiy uchun to‘rt yilu 9 oylik qamoq jazosi so‘ragan edi.

Eslatib o‘tamiz, “Real”ni Ispaniya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantirgan Karlo Anchelotti 2013-2015 yillar davomida ham madridliklarga ustozlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!