
Ana xolos! "RB Leyptsig" futbolchisining koronavirusga chalinganini yashirgan
"RB Leyptsig" klubi rahbariyati jamoa futbolchilaridan biri koronavirusga chalingani haqidagi ma’lumotni yashirgan. Bu haqda Bild va Kicker nashrlari xabar tarqatmoqda
Unga ko‘ra, bundan 3 hafta muqaddam jamoaning avstriyalik yarim himoyachisi Marsel Zabittserning Covid-19 ga qarshi topshirgan test natijalari musbat chiqqan, ammo klub buni e’lon qilmagan.
Ushbu futbolchida kasallik hech qanday alomatlarsiz o‘tgan va u darhol karantinga yuborilgan. Marselning jamoaga qaytib kelganidan keyin topshirgan barcha testlari manfiy natija bergan.
Eslatib o‘tamiz, Zabittser kecha Bundesliganing 27-turidan o‘rin olgan “Maynts”ga (5:0) qarshi o‘yinda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar