Ana xolos! Toshkentda chempion bo‘lgan kubalik bokschi qochib ketdi

  • 16.05.2023 23:17
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks

Toshkent shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha jahon chempionatining -75 kg vazn toifasida chempion bo‘lgan kubalik Yoenlis Ernandes ketar chog‘ida jamoani tark etgani aytilmoqda. 

Gap shundaki, u Panamada to‘xtash chog‘ida jamoadan ajragan. 

Eslatib o‘tamiz, ko‘pgina kubalik bokschilar u erdagi prof boksga o‘tish borasidagi cheklovlar sababli davlatni yashirincha tark etib ketadi. 

Xususan, ko‘p karra jahon chempioni, Olimpiada chempioni Endi Kruz ham Kubadan noqonuniy chiqib ketgani sababli terma jamoadan chetlatilgan va keyinchalik u Matchroom kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!