Ana xolos: UFC jangchisining 19-0 rekordi buzildi!
Ekvadorlik MMA ustasi Maykl Moralesning 19-0 hisobidagi ajoyib rekordi 18 yoshida TUF turnirida yengilganining eski kadrlar paydo bo‘lgach, "Tapology" da 20-1 ga o‘zgartirildi. Ya’ni uning hisobiga bitta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qo‘shildi.
Sportchi esa bunga "Yo‘qol, Tapology", deya munosabat bildirdi.
Ma’lumot uchun, Morales UFC da hozirga qadar 7 ta jang o‘tkazib, ularning 5 tasida raqiblarini texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar