Anchelotti: "Bu Jahon chempionatidagi eng yaxshi o‘yinimiz bo‘ldi"

  • 30.06.2026 01:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yaponiya ustidan 2:1 hisobida qo‘zonilgan g‘alabadan keyin jamoasining o‘yinigа baho berdi.

"Biz Jahon chempionati boshlanishidan avval ham bu haqida gapirgan edik. Futbolda xatolar bo‘ladi, ulardan qochib bo‘lmaydi. Muhimi, o‘sha xatolarga qanday munosabat bildirish. Ikkinchi bo‘limda aynan shuni ko‘rsatdik. Bu jamoa gol ura olishiga ishonchim komil edi.

Birinchi bo‘limda vaziyatlar yaratish qiyin kechdi, chunki Yaponiya juda zich himoyalandi. Tanaffusdan keyin o‘zgarishlar qildik, ko‘proq qanot orqali o‘ynashga va jarima maydonida bosimni oshirishga harakat qildik. Natijada o‘yinimiz ancha yaxshilandi.

Dastlab markaz orqali ustunlikka erishishga urindik, ammo raqib juda ixcham harakat qildi. Shuning uchun tanaffusda taktik o‘zgarishlar kiritdik. Shuningdek, burchak to‘plarini ijro etish va jamoaviy tuzilmani yanada takomillashtirishimiz kerak.

Martinellining golidan oldin ham hotirjam edim. Jamoa yaxshi o‘yinayotgandi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin qiyinchiliklar bo‘ldi, chunki Yaponiya yaxshi tashkilashgan va jismonan kuchli jamoa. Shunga qaramay, biz birinchi bo‘limda Marokashga qarshi o‘yindagidek o‘zimizni yo‘qotmadik.

Menimcha, bu musobaqadagi eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etdik", — dedi Anchelotti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!