
Anchelotti finalda bu mavsumdagi odatiy sxemadan voz kechmoqchi
"Real" Ispaniya kubok finalida "Barselona"ga qarshi o‘yinda 4-4-2 sxemasida harakat qiladi. Bu haqda "El Partidazo de COPE" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Karlo Anchelotti shunday tarkibni tayyorlagan:
Kurtua – Vaskes, Asensio, Ryudiger, Mendi – Valverde, Tchuameni, Sebalos, Bellingem – Rodrigo, Vinisius.
Shu tariqa, so‘nggi ikki uchrashuvni jarohat sabab o‘tkazib yuborgan Kilian Mbappe o‘rniga hujumda Jud Bellingem to‘p suradi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" – "Real Madrid" final bahsi bugun Sevilyada bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar