Anchelotti Gyulerning maydon markazidan gol urmoqchi bo‘lgani haqida fikr bildirdi

  • 16 mart, 2024, 22:43
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 29-turida "Real" "Osasuna"ni 2:4 hisobida mag‘lub qildi. O‘yinda madridliklar safida Vinisius dubl qilgan bo‘lsa, Karvaxal va Dias bittadan gol urdi.

Shuningdek, bahsning so‘nggi soniyalari o‘tib borayotgan bir vaqtda turkiyalik yosh iste’dod sohibi Arda Gyuler maydon markazidan raqib darvozasini nishonga oldi. Ammo uning zarbasidan so‘ng to‘p darvoza to‘siniga tegib, maydonga qaytdi. 

Uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida "qirollik klubi" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Arda Gyuler? Uning ijrosi biz uchun gol, to‘p to‘rdan joy olmaganining farqi yo‘q.

U gol urishni juda istamoqda va bu yaxshi. 19 yoshida boshqa futbolchilar bu qadar o‘ziga ishongan darajada harakat qila olmaydi. Uning zarbasi shunchaki mo‘jizaviy bo‘ldi", - dedi italiyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!