Anchelotti: "Hujumdagi uchlik universal futbolchilardir"

  • 1 fevral, 11:13
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti "Espanol"ga qarshi bahsdan avval matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis navbatdagi o‘yin oldidan futbolchilarning holati va transferlar haqida gapirib o‘tdi. 
 
"Yanvar oyida bizda juda ko‘p o‘yinlar bo‘ldi, ammo bu haliyam osonlashmaydi – bizni navbatdagi xalqaro tanaffusgacha 13 ta uchrashuv kutib turibdi. 
  
Rodrigoning joyi chapdami? Bu yaxshi savol, chunki u bahs va munozara mavzusi bo‘lishi mumkin. U erda o‘zini juda qulay his qiladi, lekin o‘ng tomondan ham jamoaga katta hissa qo‘shadi. U boshqa jamoadoshlari kabi to‘liq universal futbolchi. 
  
Transferlar bo‘lmaydimi? Men tasdiqlay olmayman ham, inkor ham qila olmayman. Keling, bu ikki kun ichida nima bo‘lishini ko‘ramiz. 
  
Vinisiusning qaytganidan esa xursandmiz. Junior yaxshi mashq qildi va ertaga bizga yordam beradi. 
  
Men o‘yinchilarni jamoa uchun eng yaxshisiga qarab joylashtiraman. Menimcha, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Shu sababli, biz hozirda La Ligada etakchimiz" - deya o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi italiyalik murabbiy.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!