
Anchelotti "Napoli"ga, Sarri esa Rossiya orqali "Chelsi"ga o‘tmoqda
Germaniyaning “Bavariya” klubi sobiq ustozi Karlo Anchelotti Italiyada ish boshlashi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, 58 yoshli mutaxassis “Napoli” bosh murabbiyiga aylanishi kutilmoqda. Italiyalik murabbiy neapolliklar bilan shartnoma borasida kelishib olgan.
Anchelotti “Napoli”da Mauritsio Sarrining o‘rnini egallaydi. O‘z navbatida, Sarri Rossiyaga viza olish uchun harakatni boshlab yuborgan. Ammo murabbiy "Zenit" bilan muzorakara o‘tkazish uchun emas Roman Abramovichning oldiga kelmoqda. Chunki bir necha kun oldin Abramovichga Britaniyaga kirishga ruhsat berilmadi. Shuning uchun Sarri "Chelsi" boshqaruviga o‘tirish uchun Rossiyada Abramovich bilan muzokara o‘tkazadi.
Fikrlar