
Anchelotti: "Real"dan ketsam ham, xotirjam ketaman"
"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘z kelajagi haqida fikr bildirdi. Italiyalik mutaxassisning Braziliya terma jamoasiga o‘tishi haqidagi xabarlar fonida, u "Santyago Bernabeu"dagi faoliyatiga baho berdi.
– Har safar "Bernabeu"da zaxira o‘rindig‘iga o‘tirish – men uchun alohida his. Bu hech qachon o‘zgarmagan.
Kun kelib "Real"ni tark etsam, bu klubdan xotirjam va tinch ko‘ngil bilan ketaman. Qila oladigan ishimni qildim. Bu erda a’lo darajadagi vaqt o‘tkazdim. Futbol hech qachon tugamaydi. Mening jamoalarim har doim oxirgi soniyagacha g‘alaba uchun kurashadi, – deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi "qaymoqranglilar" ustozi.
Eslatib o‘tamiz, "Malorka"ga qarshi uchrashuvdan avval 65 yoshli mutaxassis yozda jamoani tark etishi e’lon qildi. Uning o‘rniga esa "Bayer" bosh murrabiyi Xabi Alonso kelishi kundan-kunga oydinlashmoqda.
Fikrlar