
"Andijon" - "Surxon" uchrashuviga qancha tomoshabin tashrif buyurdi?
Ayni damda Andijon shahridagi “Bobur Arena”da Superliganing 2-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Surxon” jamoalari bahsi bo‘lib o‘tmoqda.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi o‘yinni 13 ming 800 nafar tomoshabin bevosita stadiondan turib kuzatmoqda.
Hozircha o‘yinda “Andijon” 1:0 hisobida oldinda bormoqda. Yagona bo‘lib turgan golni 14-daqiqada Doniyor Ismoilov kiritdi.
Fikrlar