"Andijon" Antaliyada Ukraina premyer-ligasi ishtirokchisiga qarshi maydonga tushadi

  • 05.02.2026 17:14
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Antaliyada yig‘in o‘tkzayotgan “Andijon” klubi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini Ukrainaning “Zarya” klubiga qarshi o‘tkazadi. 

Ukraina premer ligasida ishtirok etayotgan Luganskning ushbu jamoasi 1923 yilning 5 may kuni tashkil etilgan. “Zarya” premer ligada ayni paytda birinchi davradan so‘ng 16 uchrashuvdan so‘ng 6 g‘alaba, 5 durang va 5 mag‘lubiyat qayd etdi. To‘plar nisbati 19-18 ni tashkil etmoqda. 23 ochko bilan musobaqa jadvalida 8-o‘rinda turibdi.

“Zarya” Antaliya yig‘ini doirasidagi birinchi uchrashuvini “Rapid II” jamoasiga qarshi o‘tkazib 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Ayni paytda “Zarya” klubini 56 yoshli mahalliy taniqli mutaxassislarda biri Viktor Skripnik boshqarmoqda. U ushbu jamoada bosh murabbiy lavozimida 2025 yilning 16 iyun sanasidan ishlab kelmoqda.

Mazkur jamoaning eng qimmat futbolchisi braziliyalik 26 yoshli himoyachi Jordan bo‘lib, uning “Transfermarkt”dagi narxi 1 million evroni tashkil qilmoqda. 

“Andijon”ning “Zarya”ga qarshi o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, bunga qadar "Andijon" Antaliyada Turkiyaning "Siverey Belediyespor" (3:0), Vengriyaning "Vashash" (0:4), Makedoniyaning "Vardar" (1:1), Qozog‘istonning "Kaspiy" (0:1) va yana bir Qozog‘istonning "Shaxtyor" (0:0) jamoalariga qarshi maydonga tushdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!