"Andijon" jamoasi "Buxoro"ga qarshi o‘yin uchun tayyorgarlikni boshladi

  • 29 sentabr, 2022, 20:32
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” 24 sentyabr kuni Pro-liganing 19-turida Muborakda “Mash’al”ga qarshi o‘yin o‘tkazganidan keyin futbolchilarga qisqa tanaffus berilgandi.

Tecno

Oldin xabar berganimizdek, jamoa a’zolari 29 sentyabrdan mashg‘ulotlarga qaytishi rejalashtirilgandi va bugun futbolchilar navbatdagi o‘yin uchun tayyorgarlikka kirishdilar.

Pro-liganing 20-turi 4 va 5 oktyabr kunlariga belgilangan. Ammo "burgutlar" bu turda dam oladi. Navbatdagi 21-tur doirasida esa andijonliklar “Bobur Arena”da “Buxoro”ni qabul qiladi.

Shu munosabat bilan vodiy klubi e’tiborini endi 10 oktyabr kuni bo‘ladigan muhim bellashuvga qaratgan.


Manba: “Andijon” PFK matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!