
"Andijon" klubiga Erondan mutaxassis keladimi?
“Metallurg” – “Andijon” (1:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar jamoasi bosh murabbiyi Baxtiyor Hamidullaev o‘z fikr mulohazalarini bayon etdi. Bu haqda "Metallurg" klubi matbuot xizmati xabar berdi.
- “Metallurg” ajoyib jamoa. Bosh murabbiy bilan yaxshi tanishmiz, birga to‘p tepganmiz. Bu o‘yindan cho‘chigan joyimiz bor edi. Yutuq bo‘lmasa ham kamida bir ochko ilinjida kelgandik, maqsadimizga erishdik. Legionerlarimizga javob berdik. Qolgan yigitlar bilan jiddiy ishladik. Ham ruhan, ham jismonan mehnat qildik. Bu esa, o‘z natijasini beryapti. Jamoaga eronlik mutaxassis kelishini sizlardan eshitayapman. Jamoamizda moliyaviy qiyinchilik yo‘q. Hammasi joyida, - dedi Baxtiyor Hamidullaev.
Fikrlar