"Andijon" kuni kecha o‘zbekistonlik futbolchi bilan shartnoma imzolagan Tojikistonning amaldagi Superkubogi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi

  • 16 iyul, 2023, 01:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun “Andijon” Tojikiston oliy ligasi ishtirokchisi – “Ravshan Kulob” jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Bu o‘yin andijonliklarning Tojikiston yig‘ini doirasidagi ikkinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuviga aylanadi.

Tecno

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, “Ravshan Kulob” jamoasiga “Andijon” klubining sobiq futbolchisi Tohir Mo‘minov bosh murabbiylik qilib kelyapti.

E’tiborlisi, Mo‘minov boshqaruvni o‘z qo‘liga olganidan so‘ng “Ravshan Kulob” ancha o‘sishga erishdi. Fikrimizga isbot tariqasida bu yilgi Tojikiston Superkubogini keltirishimiz mumkin. 6 may kuni “Istiqlol”ga qarshi bo‘lib o‘tgan hal qiluvchi o‘yinda “Ravshan Kulob” Amirjon Safarovning 7-daqiqada kiritgan yagona goli evaziga g‘alaba qozondi. Shunday ekan, “Ravshan Kulob” Tojikistoning amaldagi Superkubogi g‘olibi hisoblanadi.

ravshan kulob2

Yana bir qiziq ma’lumot shundaki, Tohir Mo‘minov bosh murabbiyligida “Ravshan Kulob” Tojikistonning amaldagi chempioni – “Istiqlol”ni 3 marta mag‘lubiyatga uchratishning uddasidan chiqdi.

Ma’lumot uchun, “Ravshan Kulob” 2013 yilgi mavsumda ham Tojikiston Superkubogini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, 2 marta finalda qatnashgan. Oxirgi 5 yildan beri “Istiqlol” Superkubokni o‘ziniki qilib kelayotgandi. Bu safar Tohir Mo‘minov bu jamoaning gegemonligiga chek qo‘ydi.

“Ravshan Kulob” Tojikiston chempionati tarixida 2 marta oltin (2012, 2013), 1 marta kumush (2022) va 3 marta bronza (1999, 2011 va 2015) medallarini qo‘lga kiritgan.  

tohir4

O‘tgan yili bu jamoa Tojikiston chempionatida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Bu yil esa “Ravshan Kulob” OFK Kubogi guruh bosqichida ishtirok etadi. Ayni paytda Tohir Mo‘minov o‘z jamoasi bilan OFK Kubogida munosib ishtirok etish uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Bugungi kunda “Ravshan Kulob” Tojikiston oliy ligasida 14 ta o‘yindan so‘ng 6 g‘alaba, 6 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 24 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. To‘plar nisbati 18\10.

Ayni chog‘da “Ravshan Kulob” safida 7 nafar legioner bor. Ganadan 4 ta, Tanzaniya, KotD Ivuar va Ukrainadan 1 nafar futbolchi bor. Darvoqe, kuni kecha “Ravshan Kulob” o‘zbekistonlik futbolchi Akobir To‘raev bilan ham shartnoma imzoladi.

akobir

Bu o‘yin har jihatdan qiziqarli. Ayniqsa, Tohir Mo‘minovning o‘zi uchun sevimli va qadrdon bo‘lgan sobiq klubiga qarshi o‘yini "Andijon" muxlislari uchun ham juda qiziq tuyulayotgani bor gap.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” – “Ravshan Kulob” o‘rtasidagi uchrashuv bugun soat 18:00 da boshlanadi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
хушнудбек
16/07/2023 13:13
Асалому алаекум азиз адижон мухлислари бу йил куз тегмасин андижон жамосига шу кетишда уйнса осиёогахам танилди боларга мурабиларга рахмд таркиб адшу факат олга ортга йул йук