"Andijon" o‘z mamlakatining amaldagi chempioniga qarshi o‘ynaydi yoxud Antaliyadagi jiddiy raqib haqida

  • 1 fevral, 21:10
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” Antaliya yig‘ini doirasidagi o‘zining uchinchi uchrashuvini 2 fevral kuni Bosniya va Gertsegovinaning “Boras Banya-Luka” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Banya-Luka shahridan bo‘lgan “Boras Banya-Luka” klubiga 1926 yilda asos solingan va hozirda 99 yoshda. Ancha jiddiy raqib bo‘lib, ayni paytda Bosniya va Gertsegovina premer-ligasida (bizning Superligamiz kabi) 12 ta klub orasida 17 ta o‘yindan keyin 13 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 35 ta gol urgan va 8 ta to‘p o‘tkazib yuborib, 41 ochko bilan musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band etib turibdi. Peshqadamdan hozircha uch ochkoga ortda qolmoqda.

Jamoaning o‘rtacha yoshi 25,7 ni tashkil qilmoqda. Klubning umumiy transfer summasi esa salkam 9 mln evroga teng. “Boras Banya-Luka”ning eng qimmat futbolchilari - niderlandiyalik Bart Meyjers va serbiyalik Viktor Rogan bo‘lib, ularning “Transfermarkt”da uning narxi 800 ming evro etib belgilangan.

Klub o‘zining uy o‘yinlarini “Gradski” nomli stadionida o‘tkazadi. 1937 yilda ochilgan arena 9730 nafar muxlisni sig‘diradi.

Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorlanayogan “Boras Banya-Luka” Antaliyadagi yig‘in davomida bungacha Qozog‘istonning “Qayrat” klubiga qarshi maydonga tushib 0:0 o‘ynagan bo‘lsa, Rossiyaning “Nijniy Novgorod” jamoasini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bosniya jamoasi “Andijon”ga qarshi bellashuvdan keyin shuningdek, Latviyaning “Riga” va “Auda” klublari bilan ham o‘ynaydi.

“Boras Banya-Luka” o‘z chempionatining sovrindorlaridan biri. E’tiborlisi, bu klub Bosniya va Gertsegovinaning amaldagi chempioni hisoblanadi. Klub uch karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Bosniya Kubogini ham yutgan. Kumush va bronza medallar sohibi sanaladi. Xullas, “Boras Banya-Luka” qator yutuqlarga ega chiqqan va o‘z mamlakatining etakchilaridan biri.

Jamoaning 32 yoshli hujumchisi Jorje Despotovich 10 ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatida uchinchi o‘rinda turibdi. Qolaversa, shu kunlarda ushbu klub o‘z tarkibiga bir qator yangi o‘yinchilarni qo‘shib oldi. Tarkibida Niderlandiya, Serbiya, Kolumbiya, Shimoliy Makedoniya, Xorvatiya, Sloveniyadan kelgan legionerlar bor.

Klubni oldinda Bosniya Kubogi, chempionati va albatta UEFA Konferents ligasida muhim uchrashuvlar kutib turibdi.

“Boras Banya-Luka”ni mahalliy Mladen Jijovich boshqarib bormoqda. 45 yoshli murabbiy 2024 yilning 11 iyun sanasidan beri mazkur jamoaga bosh murabbiylik qilib kelmoqda. Klub ushbu murabbiy boshchiligida hozirga qadar Bosniya chempionati, UEFA Liga konferentsiyasi, Evropa chempionlar ligasi saralashi, Evropa ligasi saralashi hamda Bosniya Kubogida hammasi bo‘lib, 32 ta o‘yin o‘tkazgan. Shundan 19 tasida g‘alaba qozonishgan. 5 ta durang va 8 ta mag‘lubiyat qayd etilgan. “Burgutlar”ning raqibi Evropa maydonlarida ham ishtirok etib keladi.

“Andijon” – “Boras Banya-Luka” bellashuvi Antaliyadagi “Mirakl” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Antaliya vaqti bilan 17:00, Toshkent vaqti bilan esa 19:00 da boshlanadi.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!