“Andijon” Vinisius bilan muzokaralarni boshladi
Superliganing “Andijon” klubi braziliyalik Dominik Vinisiusni olib kelish borasida muzokara o‘tkazmoqda.
So‘nggi kunlarda “ajdarlar” yangi mavsum boshlanishidan avval transferlar oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilib qo‘ygan. Shu bois, klub rahbarlari hozirda erkin agent bo‘lib turgan Vinisius bilan muzokaralarni boshlagan.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, 29 yoshli hujumchi maosh borasida “Andijon” bergan taklifga rozilik bildirsa, mazkur transfer tez orada amalga oshishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Dominik faoliyati davomida 142 ta o‘yinda ishtirok etib, 61 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 350 ming evro deb baholanmoqda.



Fikrlar