Andijonda nima bo‘lgan edi? Diyor Imomxo‘jaev barchasini ochiqladi

  • 19 aprel, 2022, 15:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jaev yana bir bor "Andijon" klubida sodir bo‘layotgan voqealarga munosabat bildirdi.

Tecno

"2020 yil Superligadagi 13-o‘yin arafasida Andijon bankrotlik yoqasiga kelib qolgani sabab musobaqadan chiqib ketishini bildirdi va viloyat klubni moliyalashtirishni boshqa tadbirkorga topshirdi.

Reja bo‘yicha klubning yangi egalari eski qarzlarni qoplab berishi va avvalgilar suvdan quruq chiqib ketishi kerak edi. Biroq normal jamiyatda eskilar o‘tgan davr mobaynida qanday ishlagani, viloyat hokimi va GM tomonidan berilgan pullar, chiptalar savdosidan tushgan daromad va hokazolar nimalarga sarf etilgani audit qilinishi shart. Garchi ular o‘z oldimizdan pul tikib, klubni ushlab turdik degan lofni ilgari sursa-da, aslida viloyat hokimiyati otamiz, GM onamiz deb o‘zlari vyular berishdi. Klubni moliyalashtirish hazilakam ish emas. Biror katta ishlab chiqarishi yoki qudratli zavodi yo‘q qandaydir tadbirkor klubni bemalol ushlab turishi qiyin masala.

PFL boshqa taklif bilan chiqdi. Biz klubning yangi egalariga Birinchi ligadagi Andijon II klubini moliyalashtirish va mahalliy yoshlar bilan viloyat futbolini ko‘tarish taklifini berdik. Ular ham bunga rozi bo‘ldi. Hech bir qarzsiz, hammasini noldan boshlab, yosh futbolchilar bilan ko‘tarilish eng to‘g‘ri yo‘nalish. 1-2 yil vaqt ketadi, muhimi tizim to‘g‘ri yo‘nalishga o‘tadi.

Ammo viloyat bunga rozi bo‘lmadi. 29 avgust kuni Sog‘lom avlod stadionida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va klubning yangi ta’sischisi tanishtirildi.

Yangi tadbirkor klubning futbolchi va murabbiylar oldidagi barcha qarzlarini to‘lashga rozi bo‘ldi va o‘tgan davr ichida buning uchun 2,150 mlrd so‘m pul sarfladi. Qolgan qarzlar viloyat hokimining kafolat xati asosida viloyat hokimiyati gardaniga tushdi.

Ko‘rinishidan o‘sha vaqtda viloyatga futbol kerak edi. Andijonning birdaniga yo‘q bo‘lib qolishi katta minus edi. Biroq ish bitgach, ko‘ryapmizki, vaziyat boshqa yo‘nalishga o‘tdi.

Vaholanki, yuqoridagi 2 mlrd so‘m va 2020 yil yakuniga qadar eski klub uchun ishlatilgan pulga Andijon II jamoasini mahalliy iqtidorlar bilan bemalol Pro ligaga olib chiqish va to‘g‘ri tizimni keyinchalik yanada rivojlantirish mumkin edi. Hozir esa klub baribir o‘sha-o‘sha Pro ligada turibdi. Biroq holati og‘ir. Tadbirkor esa futboldan hafa. Ayrim kishilar esa mana bizning jamoa deb, Andijon II bilan faxrlanib turibdi.

Savol: aql kechroq kirdimi yoki istalgan tadbirkor bo‘yniga kattaroq muammoni qo‘yib, keyin chetga chiqish urf bo‘ldimi?", - deb yozdi Imomxo‘jaev o‘zining telegramdagi kanalida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Aziz Yuldashev
19/04/2022 16:09
Бир қоп пул билан келдим...
Тушунган тушунди