Andijondagi 37-maktabgacha ta’lim muassasasida bolajonlar bilan futbol mavzusida uchrashuv tashkil etildi

  • 9 may, 2019, 20:03
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning joriy yil aprel oyida Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshirig‘iga asosan, Asaka tumanidagi 37-maktabgacha ta’lim muassasasida yosh bolalarni futbolga jalb qilish va ularda millionlar o‘yiniga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
 
Tadbirda viloyat futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Bekzodbek Karimov, faxriy futbolchi Rahim Qodirov, viloyat bolalar-o‘smirlar futbol akademiyasi direktori Nasibullo Madrahimov, Sog‘lom Avlod uchun xayriya fondi viloyat filiali rahbari Tursunboy Berdirahmatov ishtirok etishdi. Ular muassasada tarbiyalanayotgan bolalar va ularning ota onalari hamda bog‘cha tarbiyachilari bilan birga davra suhbati o‘tkazishdi.
 
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan 5ta tashabbus bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash va shu bilan birga kelajakda futbolchi bo‘lishni maqsad qilgan bolajonlarga bu borada to‘g‘ri maslahatlar berib, ularni to‘g‘ri yo‘naltirishdan iborat.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!