Andrey Miklyaev: Guruhda barchaning imkoniyatlari teng

  • 10 aprel, 2017, 13:56
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO


11 aprel kuni “Lokomotiv” Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqich o‘yinlari doirasidagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida o‘tkazadi. “Temiryo‘lchilar” 4-tur bahsida Eronning “Istiqlol” klubini qabul qiladi.

Tecno

Bugun an’anaga ko‘ra, har ikki jamoa vakillari va OAV xodimlari o‘rtasidagi matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Andrey Miklyaev va jamoa yarim himoyachisi Ikrom Aliboev ishtirok etishdi.

Ertangi o‘yinda keyingi bosqichga chiqish-chiqmaslik masalasi hal bo‘lishi mumkin. Nima bo‘lganda ham biz oxirigacha kurashamiz. Umid qilamizki, o‘yin ajoyib bo‘ladi va gol o‘tkazib yubormaslikka va g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. O‘tgan o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsak, bix xil o‘yin namoyish etdik, biroq farqi biz vaziyatlardan foydalana olmadik.

Futbol bu futbol. Unda ishonch muhim o‘rin tutadi. “Sho‘rtan” bilan o‘yinni ko‘rgan bo‘lsangiz, ba’zida omad keladi, ba’zida kelmaydi. Buni ortiqcha muhokama qilish shartmas. O‘z xatolarimizni topib, ularni bartaraf qilishga harakat qilamiz. Jamoa umuman raqib o‘yiniga qarab harakat qiladi.

Jamoada jarohat olganlar bormi?

Afsuski, jamoada bir necha hafta oldin jarohat olgan Shuhrat Muhammadiev tiklanishga ulgurmadi. Salamat Qutiboev ham shunday. Shuningdek, Temur Kopadzening maydonga tushish-tushmasligi katta so‘roq ostida turibdi.

Jamoada aynan bitta jamoani favorit deb bo‘lmaydi. Bu tur barchasiga oydinlik kiritadi. Barchaning imkoniyati teng deb o‘ylayman. Raqibimiz kuchli va tajribali. Ikki nafar braziliyalik futbolchisi bor. Umuman bunga shunchaki qarab bo‘lmaydi.

Ikrom Aliboev:Ertaga bizni juda ham qiyin o‘yin kutib turibdi. Sababi guruhdagi jamoalarning ochkolari orasida farq katta emas. Yaxshi natija bilan muxlislarni xursand qilamiz, degan umiddamiz. Barcha muxlislarni stadionga chorlab qolaman. Olgan chiptalariga evaziga ajoyib futbol tomosha qilib qaytadi”.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” – “Istiqlol” bahsi ertaga soat 16:00da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!