Andrey Orlovskiy 3 mart kuni jang qiladi
«UFC» musobaqalarida AQSh sharafini himoya qiluvchi belaruslik Andrey Orlovskiy navbatdagi jangini 2018 yilning 3 mart kuni o‘tkazadigan bo‘ldi.
AQShning Las-Vegas shahrida o‘tadigan «UFC 222» musobaqasida Andrey Orlovskiy gollandiyalik Shtefan Shtruvega qarshi jang o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun: 36 yoshli Andrey Orlovskiy so‘nggi jangini shu yilning noyabr oyida braziliyalik Junior Albinini mag‘lubiyatga uchratgan edi. Unga qadar esa qatorasiga besh jangda imkoniyatni boy berib qo‘ygan.
29 yoshli Shtefan Shtruve esa sentyabr oyida rossiyalik Aleksandr Volkovga qarshi bahs o‘tkazib, ushbu jangda nokautga uchragan edi.

Fikrlar