
Andrey Rublyov muxlislarini xursand qildi
Rossiyalik tennischi Andrey Rublyov va britaniyalik Deniel Evans Adelaida shahrida o‘tayotgan musobaqaning chorak finalida o‘zaro to‘qnash keldi.
Andrey mazkur uchrashuvda raqibini uch setda 6:4, 3:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa "Adelaide International" turnirining 1/2 final bosqichida Rublyov kanadalik Feliks Oje, yoki avstraliyalik Aleks Boltga qarshi kortga chiqadi.
Fikrlar