
Andrey Shipilov: Biz qo‘rqdik
Bugun bo‘lib o‘tgan «Metallurg» - «Bunyodkor» (2:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar ustozi Andrey Shipilov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- «Bunyodkor» haqli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Raqib butun o‘yinni nazorat qildi. Ular sovuqqonlik bilan harakat qilishdi, zaxiradagi futbolchilarga imkoniyat berishdi. Biz esa, negadir qo‘rqdik. Kimdan, nega qo‘rqdik, bilmadim. Vaholanki, raqib safida ham ikkita oyog‘i va ikkita qo‘li bor futbolchilar to‘p surdi. Negadir 0:3 dan keyin uyg‘ondik va qandaydir ikkita golni urdik. Tayanch yarim himoyachilari «uxladi», darvozabonimiz tushunarsiz xatolarga yo‘l qo‘ydi. Hayronman, aytishga so‘z yo‘q. «Metallurg»dagi uch yillik faoliyatimdagi eng yomon o‘yin, desam bo‘ladi.
Fikrlar